“Adolat” O‘zbekistonda TikTok’ni butunlay blokirovka qilishga chaqirdi

12:47 02 Fevral 2022 Jamiyat
1164 0

“Adolat” partiyasi O‘zbekistonda TikTok’ni butunlay blokirovka qilishni taklif qildi, bu taklif partiya saytida e’lon qilindi.

Hisobotda aytilishicha, yoshlar TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlardan tobora ko'proq salbiy fikrlarni qabul qilmoqdalar. Partiya faollari zo‘ravonlikdan, O‘zbekiston xalqiga yot bo‘lgan har qanday g‘oya va qarashlardan asrashga chaqirdi.

Partiyaga ko‘ra, bizning TikTok foydalanuvchilarimiz VPN orqali platformaga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgani bu masalani ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatadi.

Misol tariqasida partiya faollari yaqinda Samarqandda bo‘lgan voqeani keltirishdi, maktab o‘quvchisi “ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lish uchun” o‘tkinchining yuziga tepgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер