Adliya vazirligining yil sarhisobi eʼlon qilindi

21:22 05 Yanvar 2023 Jamiyat
736 0

Foto: «Халқ сўзи»

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva vazirlikning 2022-yilda amalga oshirgan ishlari haqida maʼlumot berildi.

2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida Vazirlikka 59 ta bandda tegishli vazifa va tadbirlarni bajarish yuklatilgan. Shundan, 20 ta band boʻyicha vazirlik asosiy ijrochi etib belgilangan.

Vazirlik asosiy ijrosi sifatida belgilangan 6 ta bandda qonun loyihalarini, 13 ta bandda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va 1 ta bandda huquqiy targʻibot boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Vazirlik tomonidan qoʻshimcha ijrochi sifatida belgilangan 39 ta banddagi tadbirlar ijrosini taʼminlashda tegishli vazirlik va idoralarga amaliy yordam koʻrsatildi.

Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi oʻz vaqtida bajarilishi taʼminlanmoqda.

Hisobot davrida Vazirlik tomonidan 233 ta qonunchilik hujjatlari loyihalari ishlab chiqildi. Shundan Qonun loyihasi – 79 ta, Prezident hujjatlari – 40 ta, Hukumat qarorlari – 78 ta, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar – 36 tani tashkil etadi.

Shuningdek, 2 121 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizadan, 246 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA HUQUQNI QOʻLLASH AMALIYOTI sohasida Vazirlikka jami 131,5 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 110,4 mingtasi, yaʼni 84 foizi qonuniy hal etildi.

Vazirlik tomonidan aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 52 003 ta taqdimnoma kiritildi. 10 486 nafar shaxslar maʼmuriy, 22 146 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 579 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Sudlarga 370 (uch yuz yetmish mlrd.dan ortiq) mlrd. soʻmlik 29 828 ta daʼvolar kiritilib, 289,4 mlrd soʻmlik 28 242 ta daʼvolar qanoatlantirildi.

YURIDIK XIZMAT KOʻRSATISH sohasida xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar soni 20 mingtaga yetkazildi, ular tomonidan 3 mln hujjatni qonuniy qabul qilinishi taʼminlandi.

DAVLAT XIZMATLARI SOHASIDA Vazirlik tomonidan 19 mln.dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Koʻrsatilgan davlat xizmatlari natijasida milliy valyutada 331,9 mlrd. soʻm undirildi; 93 336 ta yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Davlat xizmatlarini 25 ta yangi turlari joriy etilib, elektron shaklda koʻrsatish 21 foizdan oshdi.

“Litsenziya” axborot tizimida 100 ta litsenziyalashga oid xizmatlar ishga tushirildi, 57 245 ta litsenziya elektron shaklda berildi; 6 ta litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega faoliyat turlari 17 ta talab va shartlari bekor qilindi;

6 ta davlat xizmatlari boʻyicha undiriladigan toʻlov miqdori qisqartirildi, 2 tasi boʻyicha toʻlovlar undirilishi bekor qilindi;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllanilishi yoʻlga qoʻyildi;

Shuningdek, jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etildi, 488 087 nafar fuqarolarga ushbu tizim orqali xizmatlar koʻrsatildi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida aholiga 1,5 mln. dan ortiq xizmatlar koʻrsatildi. Xususan, 918 814 ta tugʻilish, 177 466 ta oʻlim, 290 884 ta nikoh va 47 863 ta nikohdan ajralganlik qayd etildi.

INTELLEKTUAL MULK SOHASIDA Vazirlik tomonidan 9642 ta Intellektual mulk obyektlari roʻyxatdan oʻtkazildi.

Mualliflarni huquqiy muhofaza qilish uchun 16 376 ta talabnoma qabul qilindi. Talabnomalar boʻyicha 31 mingdan ortiq davlat ekspertizasi amalga oshirildi.

Aholi va tadbirkorlarga yengillik yaratish maqsadida intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish muddatini oʻrtacha ikki baravarga qisqartirish imkonini beruvchi tezkor ekspertiza tartibi yoʻlga qoʻyildi;

Mualliflik huquqi obyektlarini saqlashga moʻljallangan “Mualliflik obyektlari yagona bazasi” axborot tizimi shuningdek, mualliflik huquqini raqamli muhitda himoya qilish maqsadida «Mualliflik va turdosh huquqlar sohasida qonunbuzilishlar reyestri» davlat axborot tizimi ishlab chiqildi;

“Sanoat mulki muhofazasi portali”da intellektual mulk obyektlarini elektron shaklda roʻyxatga olish va QR-kodli muhofaza hujjatlarini berish imkoniyati yaratildi;

HUQUQIY TARGʻIBOT SOHASIDA. Mamlakatimizda aholining huquqiy ongini oshirish boʻyicha 399 mingdan ortiq manzilli huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari sohasida: Vazirlik tomonidan 382 ta yangi va 297 ta NNTlar qayta shuningdek, 19 ta diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. 301 ta NNT faoliyati tugatildi.

Huquqiy xizmat koʻrsatish sohasida:

Jami notarial harakatlar soni 4 950 436 tani tashkil etdi.

Shundan, hujjatlardagi tarjimon imzosini haqiqiyligini shahodatlash – 205 921 ta; garov shartnomalari – 240 013 ta; boshqa turdagi ishonchnomalar – 242 673 ta; koʻchmas mulkni oldi-sotdi shartnomalari – 244 077 ta; avtomototransport ishonchnomalari – 450 242 ta; boshqa turdagi arizalar – 727 001 ta; avtomototransport vositasini oldi-sotdi shartnomalari – 984 417 ta; er va xotinning umumiy mol-mulkni tasarruf etish boʻyicha bitim tuzishi uchun xotin (er)ning notarial tartibda tasdiqlangan rozilik arizalari – 1 019 821 tadan iborat.

1 trln 621 mlrd 129 mln soʻm davlat boji; 76 mlrd 109 mln soʻm gerb yigʻimi; 415 mlrd 345 mln soʻm pullik xizmat tushirildi.

76 nafar fuqaroga xususiy amaliyot bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya berildi. 22 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning litsenziyasi tugatildi (sud qarori, vafot etganligi, oʻz arizasi va boshqa sabablarga koʻra).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер