Adliya vazirligidan eslatma: 9-aprelga qadar berilgan stikerlar oʻz kuchini yoʻqotmagan

14:24 12 Aprel 2020 Jamiyat
903 0

Adliya vazirligi 9-aprelga qadar berilgan stikerlar bekor va oʻz kuchini yoʻqotmaganini eslatdi.

2020-yil 9-apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma berish toʻxtatilgan edi. Bu ilgari berilgan ruxsatnomalar oʻz kuchini saqlab qolishi yuzasidan ayrim tushunmovchiliklar yuzaga kelgan.

“Shunga koʻra, Maxsus komissiyaning yuqoridagi qaroriga asosan avtotransport vositalariga 2020-yil 9-aprel kuniga qadar taqdim etilgan maxsus ruxsatnomalar (stikerlar) asosida hozirda harakatlanish huquqi saqlab qolinganligini yana bir bor eslatib oʻtamiz.

Taʼkidlash joizki, hozirgi paytda ayrim shaxslar tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomalarni boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish yoki ulardan maqsadsiz foydalanish orqali karantin tadbirlarini buzish holatlari uchramoqda.

Shu maqsadda, fuqarolardan maxsus ruxsatnomalardan maqsadli foydalanish orqali eʼlon qilingan karantin tadbirlariga qatʼiy rioya etishlarini soʻraymiz”, — deyilgan xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер