Adliya vaziri tizimdagi faol yoshlar bilan uchrashdi

19:15 17 Dekabr 2023 Jamiyat
663 0

Joriy yil 15-dekabr kuni Adliya vaziri A. Toshqulov hududiy adliya organlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan faol yosh mutaxassislar bilan uchrashdi.

Maqsad – iqtidorli yosh xodimlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularda tizimga boʻlgan sadoqat va fidoiylik qadriyatlarini shakllantirish, ularning xizmatga moslashuvini, kasbiy rivojlanish jarayonlarini tezlashtirish, yuqori tajribaga ega malakali xodimlarning ish amaliyoti bilan yaqindan tanishishtirish hamda tajriba almashish amaliyotini yoʻlga qoʻyishdir.

Uchrashuvda Adliya vaziri tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda yoshlarning alohida oʻrni va ishtiroki muhimligi taʼkidlandi.

Yosh mutaxassislar tomonidan faoliyatni yanada takomillashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan taklif va tashabbuslari tinglanib, mehnat faoliyati unumdorligini oshirish, ulkan maqsadlarga erishish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yosh xodimlar vazirlikda yaratilgan shart-sharoitlar, tarkibiy boʻlinmalarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Bundan tashqari, ular “Adliya organlari tarixi muzeyi”, “Media markazi”da ham boʻlib, Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida maʼnaviy hordiq chiqarishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер