Adliya vaziri Ruslanbek Davletov AQSH Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi bilan uchrashdi
Foto: Adliya vazirligi
Joriy yilning 6-aprel kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov va AQSH Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi Nadin Mayenza oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida adliya vaziri delegatsiyani Oʻzbekistonda vijdon erkinligini kafolatlash va taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, diniy bagʻrikenglik va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash choralari, xususan, qonunchilikdagi yangiliklar va kelgusidagi rejalar bilan tanishtirdi.
Tomonlar Oʻzbekiston va mintaqada vijdon erkinligi kafolati, diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning erkin faoliyat yuritishi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, sohaga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar.
AQSH delegatsiyasi rahbari N. Mayenza mazkur yoʻnalishda Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, vazirlik bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring