Adliya vaziri “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan onlayn-uchrashuvida qatnashdi

13:46 21 Dekabr 2022 Siyosat
510 0

Bugun, 21-dekabr kuni mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamgʻarmasining huquq, siyosiy fanlar va xalqaro munosabatlar yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olayotgan 51 nafar stipendiatlar uchun ZOOM platformasi orqali onlayn uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Uchrashuvda adliya vaziri A. Toshqulov, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari E. Xamrayev, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori A.Bekmurdov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari O.Xasanov va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktor oʻrinbosari v.b. J.Axmedov ishtirok etdi.

Unda rahbarlar oʻzlarining sohasiga doir maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi.

Xususan, adliya vaziri A. Toshqulov, soʻngi yillarda davlat organlari va tashkilotlarida joriy etilgan kadrlar bilan ishlashda ochiqlik tizimi, shuningdek adliya organlari sohasida amalga oshirilgan maʼmuriy islohotlar toʻgʻrisida gapirib oʻtdi.

Shundan soʻng, mavzulari yuzasidan stipendiatlar tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan savol-javob va muhokamalar boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar oʻzlarining takliflarini bildirishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер