Adabiyot yoʻnalishida Nobel mukofoti sovrindori eʼlon qilindi
Foto: The Nobel Prize / Twitter
Norvegiyalik yozuvchi, shoir va dramaturg Yun Fosse 2023-yilgi adabiyot yoʻnalishida Nobel mukofotini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi Nobel qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Uning yangi norveg tilidagi ulkan ijodi turli janrlarni qamrab oladi va koʻplab pyesalar, romanlar, sheʼriy toʻplamlar, insholar, bolalar kitoblari va tarjimalardan iborat. U bugungi kunda dunyodagi eng mashhur dramaturglardan biri boʻlsa-da, uning nasri ham tobora mashhur boʻlib bormoqda”, — deyiladi Nobel qoʻmitasi bayonotida.
Qoʻmita, shuningdek, Fosse “Fosse minimalizmi” nomi bilan mashhur boʻlgan uslubda romanlar yozishini qayd etgan.
Yun Fosse 64 yoshda. Uning birinchi romani “Qizil, qora” 1983-yilda, “Va biz hech qachon ajralmaymiz” nomli birinchi pyesasi 1994-yilda nashr etilgan. Uning asarlari koʻplab xalqaro mukofotlarga sazovor boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring