“Acer” kompaniyasi kiberhujumga uchradi
Foto: Arxiv surat
Tayvanning texnogigant kompaniyasi oʻz tizimlariga kiberhujum boʻlganligini tasdiqlagan.
Kiberhujum j.y.ning 23-fevral kuni sodir etilgan boʻlib, hujum natijasida, 160 GB ichki maʼlumotlar va texnik hujjatlarga buzib kirilgan.
Xakerlar qoʻlga kiritgan maʼlumotlar orasida texnik qoʻllanmalar, dasturiy vositalarning texnik xususiyatlari, ichki infratuzilma tafsilotlari, shuningdek, smartfon, planshet va noutbuklarning “BIOS” maʼlumotlari, “ROM” va “ISO” fayllari mavjudligi taʼkidlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring