Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – Oʻzbekiston xalqaro mukofoti taʼsis etiladi
“Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – Oʻzbekiston xalqaro mukofotini taʼsis etishni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–286-son, 25.08.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga asosan:
➖ YUNESKO bilan hamkorlikda sunʼiy idrok sohasida odob-axloqni targʻib etish orqali ilmiy muloqotni ragʻbatlantirish boʻyicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – Oʻzbekiston xalqaro mukofoti taʼsis etiladi;
➖ Parijdagi (Fransiya) YUNESKO bosh qarorgohida 2023-yil 4–8-sentyabrda Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazma va tadbirlar oʻtkaziladi.
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Koʻrgazmada taqdim etish uchun dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qoʻlyozmalar nusxalaridan iborat Koʻrgazmaga bagʻishlangan maxsus katalog ingliz va oʻzbek tillarida chop etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring