Abxaziyada uch nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, yana biri kasalxonaga yotqizildi
Abxaziyaning Ochamchira tumanida roʻy bergan yoʻl-transport hodisasida uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda TASS agentligi respublika IIV YHXB boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, “Chrysler” avtomobili Suxum yoʻnalishi boʻylab markaziy avtoyoʻlda harakatlanayotgan boʻlgan. Haydovchi transport vositasini boshqara olmay, daraxtga borib urilgan.
— Uch kishi halok boʻldi, biri jarohatlanib, ogʻir holda shifoxonaga yetkazildi. Hodisa Kendig qishlogʻi yaqinida, Ochamchira tumanida sodir boʻlgan. Barchasi — Oʻzbekiston fuqarolari, — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring