Abxaziyada harbiy vertolyot halokatga uchradi
Foto: Sputnik
Abxaziya harbiy-havo kuchlariga tegishli Mi-24 vertolyoti Suxumning janubi-sharqidagi Gulripshskiy tumanida halokatga uchradi. Respublika Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, ekipajning uchala aʼzosi ham omon qolgan.
“Vladimirovka qishlogʻi hududida Abxaziya Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-havo kuchlarining vertolyoti favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Ekipajning hayoti xavf ostida emas”, — deyiladi xabarda.
Voqea joyiga respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Lev Kvitsiniya yetib kelgan. Hodisa sabablariga oydinlik kiritilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring