Abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi
2022/2023 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi.
Roʻyxatdan oʻtkazish 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) davom etadi.
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga onlayn roʻyxatga olish esa 10-iyulgacha (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
Roʻyxatga olish DTMning rasmiy veb-sayti – my.dtm.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi.
Abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil boʻlgan 5 tagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Taʼlim yoʻnalishlarini esa 2022/2023 oʻquv yili uchun qabul parametrlarining taʼlim tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlanganidan soʻng tanlash mumkin boʻladi.
2022/2023 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bilan bu yerda batafsil tanishing.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring