Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
архив сурат
2023-2024-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan h olda kelishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring