Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

08:14 31 Iyul 2021 Jamiyat
1066 0

2021-2022 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

 Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud.

Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish mumkin boʻlgan botlar:

  • @mandat2021bot
  • @mandat2021_1_bot
  • @mandat2021_2_bot
  • @mandat2021_3_bot
  • @mandat2021_4_bot

DTM test sinovlari 5-avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4-avgust sanasiga qadar yuklab olishlni soʻragan.

Eslatib oʻtamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport (ID-karta) boʻlmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер