Abdusalom Azizov Armaniston mudofaa vazirini qabul qildi
Abdusalom Azizov MDHga aʼzo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan Armaniston mudofaa vaziri David Tonoyanni qabul qildi.
Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Uchrashuvda harbiy taʼlim, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash oid bir qator masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.
Eslatib oʻtamiz, 12 oktyabr kuni Oʻzbekiston Xalqaro forumlar saroyida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining 75-majlisi boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring