Abdulla Aripov Dushanbe shahriga keldi

10:09 29 Sentyabr 2020 Siyosat
905 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yigʻilishida ishtirok etish uchun 29-sentyabr kuni Tojikiston poytaxtiga yetib keldi.

Dushanbe xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Davlatsho Gulmuhammadzoda kutib oldi.

Avval xabar qilinganidek, komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston – Tojikiston ishbilarmonlari biznes-forumi va Ishbilarmonlar kengashining yigʻilishini oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер