Abdulaziz Komilov Vashingtonga boradi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 15 — 22-noyabr kunlari Oʻzbekiston-AQSH siyosiy maslahatlashuvlarining 8-raundida ishtirok etish uchun Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar ham oʻrin olgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston — AQSH siyosiy maslahatlashuvlarining oldingi raundi 2019-yil fevral oyida Toshkentda oʻtkazilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring