Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir” tarixidagi eng qimmat futbolchi boʻldi
Foto: TM/IMAGO
Xabar berganimizdek, 30-iyul kuni Turkiyaning “Bashakshehir” klubi Abbosbek Fayzullayevni SSKA jamoasidan 7,5 million yevro evaziga sotib oldi.
Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, bu klub tarixi uchun amalga oshirilgan eng qimmat transfer hisoblanadi.
Bungacha “Bashakshehir” tarixidagi eng qimmat futbolchi Chengiz Under hisoblanar edi. Istanbul klubi uni 2016-yilning yozida 4,8 million yevroga xarid qilgan.
Quyidagi rasmda jamoa tarixida amalga oshirilgan eng qimmat 10 ta transfer bilan tanishishingiz mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring