Fransuz kompaniyasi Toshkent va Namanganda kommunal xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilashga hissa qo‘shadi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Fransiyaning mashhur Veolia kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Mazkur muloqot shu yil mart oyida o‘tkazilgan muzokaralarning mantiqiy davomiga aylandi. O‘shanda Namanganda kommunal xo‘jalikni boshqarish tizimi va Toshkentda suv ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish sohasida hamkorlikka oid Memorandum imzolangan edi.
“Bu galgi uchrashuv davomida energetika xizmatlarini boshqarishning kompleks tizimlarini joriy etish, Namangan shahrining bir qismida issiqlik energiyasi uzluksiz ta’minotiga doir pilot loyiha, shuningdek, Toshkentda suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari taqdim etildi. Ishtirokchilarga bu boradagi ishlar rivoji rejalari haqida batafsil ma’lumot berildi“, deyiladi Moliya vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Veolia kompaniyalari guruhi resurslarni boshqarishni optimallashtirish sohasida jahondagi yetakchi brend bo‘lib, 160 yillik ish tajribasi va 163 ming nafar ishchi-xodimga ega.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring