900 mln. zarar keltirgan “Mayning-ferma” faoliyatiga chek qoʻyildi

09:23 15 Yanvar 2024 Jamiyat
474 0

Andijon viloyati IIB tomonidan tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda Andijon shahrida yashovchi 29 yoshli Қ.Б. noqonuniy yoʻllar bilan boylik orttirish maqsadida “Mayning” fermasini tashkil qilganligi aniqlandi.

Ushbu “mayning-ferma” shahar elektr tarmoqlari bilan shartnoma tuzmasdan, 21 dona faol mayning qurilmalarini oʻrnatib, elektr tarmogʻidan noqonuniy foydalanishi natijasida 900 mln. soʻm miqdorda moddiy zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan Қ.Б.га nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi 4-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер