9 oyda oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi davlatlarga tashrif buyurgan?
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,4 mln nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Oʻzbekistonliklar yanvar-sentyabr oylarida eng koʻp safar qilgan davlatlar:
— Qirgʻiz R. – 1,4 mln nafar;
— Tojikiston – 821 ming nafar;
— Qozogʻiston – 565,2 ming nafar;
— Rossiya – 167 ming nafar;
— Turkiya – 147,3 ming nafar;
— BAA – 90,7 ming nafar;
— Saudiya Arabistoni – 48,4 ming nafar;
— Quvayt – 30,6 ming nafar;
— Misr – 20,2 ming nafar;
— Ozarbayjan – 14,5 ming nafar;
— Janubiy Koreya – 12,9 ming nafar;
— AQSH – 10,3 ming nafar;
— Hindiston – 7,4 ming nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring