80 yoshda tugʻilganligi qayd qilindi
Inson hayotda koʻplab muammolarga duch keladi. Buning aybdori va sababchisi koʻp holatlarda uning oʻzi boʻladi. Vaqtida amalga oshirilmagan ishlar yillar oʻtib, fuqaroni turli ovoragarchiliklariga sabab boʻlishi mumkin.
Kosonsoy tumani “Ozod” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Muxtorxon Dadaxonov tuman FHDYO boʻlimiga ariza bilan murojaat qildi.
Uning murojaati oʻrganilganda 1942-yilda tugʻilgan fuqaro turli sabablarga koʻra tugʻilganlik guvohnomasi qayd etilmagani maʼlum boʻldi.
Kosonsoy tuman FHDYO boʻlimi fuqaroning arizasiga muvofiq birinchi marta tugʻilganlik guvohnomasi qayd qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring