Oʻzbekiston 19 ta davlatga qalampir eksport qilgan
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 7 ming tonna qalampir eksport qilgan.
Qalampir eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 8 oyida Oʻzbekiston qalampir mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 4,4 ming tonna;
Qirgʻiz R. – 866 tonna;
Rossiya – 599 tonna;
AQSH – 219,4 tonna;
Germaniya – 161 tonna.
Xorijga eng koʻp qalampir eksport qilgan hududlar:
Surxondaryo viloyati – 1,7 ming tonna;
Fargʻona viloyati – 1,2 ming tonna;
Jizzax viloyati – 777 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring