8 oyda Oʻzbekistonga tijorat maqsadida qancha chet el fuqarolari kelgan?
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga 36,8 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan.
Oʻzbekistonga 8 oyda tijorat maqsadida eng koʻp tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni:
Turkmaniston – 21,4 ming nafar;
Tojikiston – 9,3 ming nafar;
Afgʻoniston – 1,1 ming nafar;
Xitoy – 0,7 ming nafar;
Hindiston – 0,6 ming nafar;
Turkiya – 0,6 ming nafar;
Qirgʻiz R. – 0,5 ming nafar;
Janubiy Koreya – 0,5 ming nafar;
AQSH – 0,3 ming nafar;
Eron – 0,2 ming nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring