8 nafar fuqaroni ishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik fosh etildi

14:11 08 Fevral 2023 Jamiyat
458 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdargʻom tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman tibbiyot birlashmasi laboranti Z.Ya. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) D.K. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida ushbu birlashmaga ishga kiritib qoʻyishini aytib, 2022-yilning dekabr oyida 8 nafar fuqaroning jami 2 600 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер