8-iyul kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qildi

18:47 07 Iyul 2025 Jamiyat
343 0

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 8-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10-12 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 37-39 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 38-43 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер