7 hududda yana 260 kishida koronavirus aniqlandi
2020-yil 14-avgust soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 821 (+260) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 127 nafari Toshkent viloyatida, 105 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Xorazm viloyatida, 8 nafari Andijon viloyatida, 3 nafardan Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida hamda 2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida tana harorati koʻtarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Eʼtiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 346 nafar, Toshkent viloyatida 256 nafar, Andijon viloyatida 10 nafar, jami 612 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 27 825 (+612) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sogʻayish koʻrsatkichi 82 foizga yetdi.
Hozirda mamlakatimizda 5 776 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring