7-apreldan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi
5-aprel kuni Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida 2020-2021-yildagi isitish mavsumini yakunlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Unga muvofiq, 7-apreldan poytaxtimizda markazlashgan issiqlik taʼminotidan foydalanuvchilar uchun isitish mavsumi yakunlanib, navbatdagi, 2021-2022-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari begilangan tartibda boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring