7-9-fevral kunlari Oʻzbekistonga Sloveniya hukumat delegatsiyasi tashrif buyuradi
Foto: Arxiv surat
7-fevral kuni Sloveniya Bosh vaziri oʻrinbosari − tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif bilan keladi.
TIV maʼlumotiga koʻra, Sloveniya delegatsiyasi 7-9-fevral kunlari Tashqi ishlar vazirligi va boshqa hukumat tashkilotlarida uchrashuvlar oʻtkazadi hamda Oʻzbekiston-Sloveniya biznes-forumida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, Sloveniya TIV rahbari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurib, professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring