6 soatlik muzokara: Putin va Erdoʻgʻan Idlib boʻyicha kelishuvga erishdi
Foto: РИА Новости
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdoʻgʻan oʻrtasidagi olti soatdan ortiqroq davom etgan muzokara yakuniga yetdi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning maʼlum qilishicha, Putin va Erdoʻgʻan uch soat yuzma-yuz suhbatlashgan, soʻngra ularning suhbatiga delegatsiyalar ham qoʻshilgan.
Erdoʻgʻanning maʼlum qilishicha, tomonlar juma kuni soat 00:00dan boshlab Idlibda oʻt ochishni toʻxtatish rejimini joriy etishga kelishib olgan.
U shuningdek, Rossiya bilan kelishilgan holda Idlibga Turkiyaning qoʻshimcha kuchlari joʻnatilganini maʼlum qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring