6 oyda sud eksperti boʻlish mumkin
Hukumat qarori (706-son, 22.11.2021-y.) bilan Sud ekspertiza sohasida dual taʼlim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, dual taʼlim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash ixtiyoriy asosda sud-ekspertizasining
Qayta tayyorlash kurslari yiliga 2-marta oktyabr va fevral oylarida boʻladi.
Sud-ekspertiza tashkilotlari kurs tashkil etilishi toʻgʻrisida 3 oy oldin eʼlon beradi va nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi.
Kursga qabul qilish uchun 7 kishidan iborat komissiya tuziladi, kurslarning 40 foizi nazariy, 60 foizi amaliy qismdan iborat boʻladi.
Tinglovchilar bilimi joriy, oraliq va yakuniy nazorat boʻyicha baholanadi.
Kurs bitiruvchilari kelgusida sud eksperti sifatida ishlashi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring