6 oyda Oʻzbekistonda 48 trln. soʻmlik xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda 48 trln. soʻmlik xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan.
Oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning hajmida 39,4 % ni tashkil etdi.
Oʻzbekistonda soʻnggi 5 yilda oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi:
— 2017-yilda – 17,1 trln. soʻm;
— 2018-yilda – 30,2 trln. soʻm;
— 2019-yilda – 85,4 trln. soʻm;
— 2020-yilda – 89,8 trln. soʻm;
— 2021-yilda – 101,4 trln. soʻm.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring