6 oyda 1 097 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan
Statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 1 097 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.
So‘nggi yillarda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari soni:
— 2021-yil yanvar-iyun – 1 855 ta;
— 2022-yil yanvar-iyun – 2 166 ta;
— 2023-yil yanvar-iyun – 1 097 ta.
2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 18 ta xorijiy davlatlardan qiymati 143 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 34 300 ta yuk avtomobillari import qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring