6 ming megavatt quvvatlarni ishga tushirish boʻyicha besh yillik dastur ishlab chiqiladi
Bu borada Andijon viloyatida ishlar yaxshi boshlangani, lekin Fargʻona, Surxondaryo, Namangan, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida bu yilgi 15 ta kichik va mikro GESni qurish loyihasi kechikayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Mutasaddilarga qurilish ishlarini jadallashtirish, qoʻshimcha zaxiralarni topishga koʻrsatma berildi.
Misol uchun, Norin daryosida kaskadlar qurib, 230 megavatt quvvatlarni ishga tushirish va Namangandagi 450 ming aholiga yetarli elektr ishlab chiqarish imkoniyati bor.
“Oʻzbekgidroenergo”ga 6 ming megavatt quvvatlarni ishga tushirish boʻyicha besh yillik dastur ishlab chiqish va xususiy sheriklik asosida yirik xorijiy energetika kompaniyalarini jalb qilish topshirildi.
Toldiqsoy, Mullalak, Qorongʻi-toʻgʻay, Yuqori Pskom va Norin yirik GESlarini qurish loyihalari doirasida esa texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqishni yakunlash va xorijiy investorlarni jalb qilish vazifasi qoʻyildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring