5 oyda 158,4 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonga qiymati 49 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 158,4 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan.
Bugʻdoy uni importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,8 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston bugʻdoy unini eng koʻp import qilgan davlatlar:
— Qozogʻiston – 153,4 ming tonna
— Rossiya – 4,9 ming tonna
— AQSH – 50 tonna
— Italiya – 27 tonna
— Hindiston – 2 tonna
— Fransiya – 1,8 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring