5 nafar mahkum sayyor sudda ozod qilindi
Yaqinda Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosari B. Isakov hamda Oliy sud sudyalari O. Arabov, J. Takashev va M. Eshimbetov tomonidan tizimga daxldor masalalar yuzasidan aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Tashkil etilgan sayyor qabullarda sud qarorlari hamda ajrimlaridan norozi boʻlgan, turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat va koʻmak soʻrab kelgan jami 45 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.

Har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, ularning yechimlari qonun talablari asosida joyida hal qilindi.
Oʻtkazilgan uchrashuvda huquqbuzarlik, jinoyatchilik hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish va aliment, meros huquqiga oid munosabatlarni tartibga solish masalalari boʻyicha sudlar mahalla, yoshlar va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, sayyor qabul davomida xalqimizga xos boʻlgan insonparvarlik tamoyillari asosida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 5 nafar mahkum sud zalidan qamoqdan ozod qilinib, oilasi, oʻz yaqinlari bagʻriga qaytarildi, 1 nafar mahkumning jazo oʻtash tartibi yengillashtirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring