4 nafar mansabdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi

15:21 06 Yanvar 2024 Jamiyat
309 0

Foto: Illustrativ foto

Buxoro viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi “B.A.B.” MCHJ rahbari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan murojaatlariga javob xati berilmaganligidan shikoyat qildi va shartnoma yuzasidan qarzdorliklarni undirishda amaliy yordam soʻrab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Murojaatni koʻrib chiqish davomida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan Kogon shahri, Kogon, Vobkent hamda Romitan tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimining 4 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 43-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, jarima jazosi qoʻllanildi.

Shuningdek, Buxoro shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan 93.693.696 soʻm, Jondor tuman boʻlimi tomonidan 804.775 soʻm va Romitan tuman boʻlimi tomonidan 4.570.585 soʻm jami 99.069.056 soʻm shartnomaga asosan toʻlab berilmagan qarzdorliklar undirilishi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер