3D bosma yordamida oʻsimlikdan goʻsht “yaratil”di

20:37 03 Iyul 2020 Dunyo
871 0

Isroilning Redefine Meat startap kompaniyasi goʻsht yetkazib beruvchilar uchun 3D bosma yordamida yaratilgan goʻsht mahsulotlarini taqdim qilmoqchi. Eʼtiborlisi, bunday usulda goʻsht tayyorlashda jonivorlarga zarar yetmaydi. Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, yaratilgan mahsulot goʻsht emas, balki hayvon mushaklarining tuzilishini taqlid qiluvchi shakldir. Xom ashyo vazifasini esa oʻsimliklar oʻtaydi. Bu haqda UzReport manbasi xabar berdi.

Dunyodagi eng yirik moliyaviy konglomeratlardan biri Barclays maʼlumotlariga koʻra, 2029-yilga borib bunday mahsulotlarning global savdo hajmi 140 milliard dollarga yetishi mumkin, bu butun dunyoda goʻsht bozorining 10 foizini tashkil etadi.

Redefine goʻsht mashinasi soatiga 13 kilogramm mahsulotni “chop etishi” mumkin. Yana bir eʼtiborli tomoni shundaki, ushbu mahsulotlarni haqiqiy goʻshtdan koʻra ancha arzon narxlarda sotib olish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер