37 gektarda 1 milliard dollarlik “Uchtepa siti” loyihasi boshlanadi
Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy, Shayxontohur va Olmazorda xizmatlar, kreativ iqtisodiyot, dizayn va turizm asosiy investitsiya yoʻnalishlariga aylanadi.
Xususan, 37 gektarda 1 milliard dollarlik “Uchtepa siti” loyihasi boshlanadi. Uning doirasida zamonaviy mehmonxona, biznes markazlar, savdo-koʻngilochar majmua va apartamentlar barpo etiladi.
Chilonzor, Yakkasaroy, Olmazorda ham 2,5 milliard dollarlik shunday loyihalar amalga oshiriladi.
Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Mirobod va Yashnobodda esa sunʼiy intellekt, startap, fintex, moliya, tibbiyot va taʼlim sohasida 1 milliard dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring