32-oʻlim. Koronavirusga chalingan 71 yoshli onaxon vafot etdi

13:52 05 Iyul 2020 Jamiyat
896 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining xabar berishicha, Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi, 71 yoshli onaxon M.G. joriy yil 30-iyun kuni koronavirus aniqlanganligi sababli Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Unga «Yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, stenokardiya, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya ogʻir kechishi, oʻtkir nafas yetishmovchiligi» tashxisi qoʻyilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, stenokardiya, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. Soʻnggi bir oy ichida esa rejali gemodializ muolajalarini olishni boshlagan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar tomonidan maslahatlar, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar oʻtkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida oʻtkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir yurak-qon tomir va oʻpka yetishmovchiligidan vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер