30 yil kutilgan voqea

10:18 16 Oktyabr 2020 Jamiyat
1334 0

Ulugʻnor tumani Andijon viloyatining eng chekka hududi hisoblanadi. Choʻl qoʻynida barpo boʻlgan bu boʻstonda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi 88 foizni tashkil etadi. Soʻnggi uch yil davomida olib borilayotgan islohotlar tufayli bu boradagi ishlar koʻlami ortdi. Natijada uzoq yillardan buyon “obi hayot” yetib kelmagan joylarga ham suv olib kelinmoqda.

— “Kanal boʻyi” koʻchasiga 30 yil deganda toza ichimlik suvi yetib keldi,-deydi “Fazogir” MFY mutaxassisi Gulnoraxon Soliyeva . –Unga qadar aholi 1,5 kmmasofadan suv tashib kelishiga toʻgʻri kelgan. “Andijon viloyat suv taʼminoti” MCHJ tomonidan 2,5 km masofaga yangi suv quvurini tortish, 1 ta suv qudugʻini taʼmirlash orqali 70 ta xonadonning ichimlik suviga boʻlgan talabi qondirildi.

Tumanda shu yilning oʻzida hududlarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 2 dona suv qudugʻi taʼmirlangan boʻlsa, 2 ta yangi quduq oʻrnatildi. Bundan tashqari, 12 km. masofaga suv tarmoqlari tortildi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер