3 yoshgacha bolasi bor ayollarni ishdan boʻshatishga ruxsat berilmoqda

16:28 10 Noyabr 2022 Jamiyat
1269 0

Foto: Illustrativ foto

Yangi Mehnat kodeksiga koʻra, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha boʻlgan bolani yolgʻiz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra quyidagi asoslar boʻyicha bekor qilishga yoʻl qoʻyiladi:

— tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʼsis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi;

— xodimning oʻz mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi;

— xodimning oʻz mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi.

Amaldagi tartibga koʻra, 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер