3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni
Foto: Illustrativ surat
Nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida eʼtibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992-yillar Xalqaro nogironlar oʻn yilligi deb belgilangan edi. Mazkur oʻn yillik yakunida (1992-yilning 14-oktyabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb eʼlon qilingan.
Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga aʼzo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning toʻlaqonli hayot kechirishi, ishlashi, taʼlim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring