Mehr-oqibatga oshno bolalar

14:51 01 Dekabr 2021 Jamiyat
799 0

Foto: "Xalq so'zi"

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 12-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Mehrli yuraklar” aksiyasini oʻtkazdi. Ushbu xayrli tadbirga oʻquvchi-yoshlar bilan birga maktab oʻqituvchilari, ota-onalar ham bosh qoʻshdilar.

Mazkur taʼlim maskani yoshlar yetakchisi Gulnoza Nazarovaning maʼlum qilishicha, aksiya shifoxonalarda murakkab va uzoq davolanishni talab qiladigan kasalliklarga chalingan bolalar holidan xabar olish maqsadida tashkil etildi. Va maktab sardorlaridan iborat guruh Sirdaryo viloyat bolalar shifoxonasining gematologiya, nevrologiya hamda kardiologiya boʻlimlaridagi 80 nafarga yaqin nogironligi bor bemor oʻgʻil-qizlar huzurida boʻlishdi. Turli sovgʻa-salomlar ulashish barobarida ularga mehrli soʻzlari bilan dalda berishdi.

– Bunday mehr-sahovat tadbirlari bolalar tarbiyasida katta ahamiyatga ega,– deydi mazkur maktab direktori Malika Alimardonova. – Yaʼni shunday tadbirlar orqali ular bemor tengdoshlariga umid, shodlik ulashish bilan birga ezgulikka yoʻgʻrilgan mehr-oqibatli boʻlishdek yuksak qadriyatimizni qalblariga yanada mustahkam joylaydi.

Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер