28 ta OTM World University Rankings – 2023 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega boʼldi
Foto: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi oʼzining World University Rankings – 2023 reyting natijalarini eʼlon qildi.
Eʼtiborlisi, bu yil respublikamizning yana 18 ta oliy taʼlim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar oʼtgan yilgi 10 tadan 28 taga yetdi.
Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yoʼnalishdagi samaradorlik koʼrsatkichlari baholandi: oʼqitish, tadqiqot, taʼlim sifati va xalqaro istiqbollar.
Mazkur 28 ta oliy taʼlim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.
Maʼlumot oʼrnida, joriy yil ushbu reytingda 1 799 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari 526 ta universitet “reporter”, yaʼni daʼvogar universitetlar nominatsiyasiga ega boʼldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring