27-28-oktyabr kunlari Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti transport vazirlari yigʻilishi boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, tadbir doirasi oldidan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar portlari rahbarlarining beshinchi uchrashuvi oʻtkazildi.
Unda “Akhtachi”, “Universal Logistics Services”, “Termiz Cargo Center” logistika markazlari, Ozarbayjonning Baku porti, Qozogʻistoning Aktau va Kurik portlari, shuningdek, Turkiyaning Mersin porti vakillari ishtirok etib, “Qardoshlik portlari” oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring