23 kun: Toshkentdagi ayrim koʻchalarda transport harakati qisman cheklanadi
14-sentyabrdan, 6-oktyabrgacha Humo arena sport majmuasiga tashrif buyuruvchi mehmonlar va muxlislarning xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan qator koʻchalarda transport vositalarining harakati qisman cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu munosabat bilan 14-sentyabrdan, 6-oktyabrgacha Humo arena sport majmuasiga tashrif buyuruvchi mehmonlar va muxlislarning xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan quyida keltirilgan koʻchalarda transport vositalarining harakati qisman cheklanadi:
Furqat — Beshyogʻoch koʻchasidan Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab, Beshyogʻoch — Afrosiyob koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
Beshyogʻoch — Afrosiyob koʻchalari kesishgan chorrahasidan, Afrosiyob koʻchasi boʻylab,
Islom Karimov — Afrosiyob koʻchalari kesishgan chorrahasiga koʻchasigacha hudud yopiladi.
“Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yoʻllardan harakatlanishlarini va yurtdoshlarimizdan jamoat transportlaridan foydalanishlarini tavsiya etamiz. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring