23 310 nafar shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi
Foto: Arxiv surat
2016-yilning dekabr oyidan hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 97 ta farmoniga asosan jami 23 ming 310 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan.
2016-yilda – 179 nafar;
2017-yilda – 1 064 nafar;
2018-yilda – 2 760 nafar;
2019-yilda – 6 318 nafar;
2020-yilda – 8 127 nafar;
2021-yilda – 4 567 nafar;
2022-yilda – 295 nafar.
Eslatib oʻtamiz, 1992-yildan 2016-yilga qadar mamlakatimizda jami 482 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan. Yaʼni, 1991-yildan 2007-yilga qadar respublikamizda jami 482 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga fuqarolik berilgan boʻlsa, 2007-yildan 2016-yilning dekabr oyiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi hech kimga berilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring