224 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini parvarishlayotgan xatirchilik shaxs qoʻlga olindi

10:39 29 May 2020 Jamiyat
932 0

Navoiy. 2020-yilning 25-may kuni Xatirchi tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, Xatirchi tumani Tamabaxrin MFYda yashovchi, 30 yoshli F.J., ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, yashash joyining yer maydonida 224 tup sof ogʻirligi 1.708 grammni tashkil qilgan «kannabis» giyohvandlik oʻsimligini ekib parvarishlab kelayotgani aniqlanib, 224 tup «kannabis» giyohvandlik oʻsimligi tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan F.J., ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, F.J., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер