21 yoshga toʻlmaganlarga energetik ichimlik sotish qonun bilan taqiqlandi

19:53 05 Iyun 2024 Dunyo
550 0

Qozogʻistonliklar endi energetik ichimliklar xarid qilish uchun 21 yoshga toʻlishi kerak. Shu jumladan, savdo avtomatlari, boshqa elektron yoki mexanik qurilmalar orqali ham bunday ichimliklar sotish mumkin emas. Tegishli oʻzgartirishlar Qozogʻiston parlament deputatlari tomonidan qabul qilingan.

“Garchi shifokorlar energetik ichimliklarni qahva va boshqa kofeinli ichimliklardan koʻra xavfliroq ekanligini bot-bot eslatishsa ham yoshlar bunga ruju qoʻyishmoqda”, deyiladi xabarda.

Salomatlik uchun asosiy xavf shakar va kofeinning yuqori miqdori bilan bogʻliq. Baʼzi energetiklarning bittasi 100 mggacha kofeinni oʻz ichiga oladi. Bu oddiy qahvadan (12 mg) 8 baravar koʻp kofein demakdir. Shifokorlarning tavsiyasiga koʻra, kofeinning kunlik meʼyori kattalar uchun 400 mgdan ortiq boʻlmasligi lozim.

“Oʻz vaqtida energetik ichishni toʻxtatmasangiz, hatto oʻlimga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, bu aritmiya va yurak xuruji kabi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin”, deydi mutaxassislardan biri Elena Gultyayeva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер